Olimlar Yerda hayot qachon tugashini taxminiy sanasini hisoblab chiqishdi.
NASA va Yaponiyaning Toho universiteti tadqiqotchilarining matematik hisob-kitoblarga asoslangan bashoratlariga ko‘ra, havo yetishmasligi tufayli dunyoning oxiri 1 milliard yildan keyin (1 000 002 021 yilda) sodir bo‘lishi mumkin.
Olimlarning fikricha, Quyosh asta-sekin kengayib boradi, bu esa haroratning oshishi Yer atmosferasi tarkibini o‘zgartirishi va kislorod miqdorini kamaytirishi mumkin. Biroq, texnologik taraqqiyot bunday ssenariyning oldini olishga yordam berishi mumkin.