"Oreshnik" NATO uchun yangi xavf tug‘dirmoqda - Amerikaning Foreign Policy jurnali.
Ko‘pchilik ekspertlar "Oreshnik"ni yadroviy zarba berish imkoniyatlari nuqtai nazaridan tahlil qilgan, biroq "an’anaviy imkoniyatlar haqida nisbatan kam so‘z yuritilgan".
FP Putinning "Oreshnik" bilan Rossiyaga yadro quroli deyarli kerak bo‘lmasligi haqidagi so‘zlarida "haqiqat ulushi bor" deb hisoblamoqda.
"Rossiyaning "Oreshnik" raketalari bilan NATOning strategik ob’ektlariga - aviabazalar, boshqaruv punktlari va raketa bazalariga ommaviy zarba berishi, hatto Putin yadro qurolini qo‘llamasa ham, NATOni sarosimaga solishi mumkin. Rossiyaning Ukrainadagi tajribasi mavjud raketalar yordamida strategik ob’ektlarga hujum qilishdagi muammolarni ko‘rsatdi. Oddiy jangovar qismlar bilan jihozlangan Rossiya raketalari past aniqlik va Ukrainaning samarali havo mudofaasi tufayli Ukrainaning asosiy aviabazalari va boshqa ob’ektlarini ishdan chiqara olmadi. "Oreshnik" bu muammoni hal qilishga yordam beradi," - deya yozadi jurnal.
Uning baholashicha, "Oreshnik" bitta raketadan 36 tagacha quyi o‘q-dori chiqarishi bilan, bir nechta yirik aviabazalarda to‘plangan G‘arb samolyotlarini yo‘q qilishda "Iskander"larga qaraganda ancha samaraliroq bo‘lishi mumkin.
"Dneprga berilgan zarba videoyozuvi va sun’iy yo‘ldosh tasvirlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, "Oreshnik" ehtimol 6 ta jangovar kallak tashishi mumkin, ularning har biri 6 ta quyi o‘q-dori bilan jihozlangan, jami 36 ta. Raketa Yerga tushayotganda, u katta maydonni portlovchi modda bilan qoplash uchun bu quyi o‘q-dorilarni sochib yuborishi mumkin, xuddi ov miltig‘i sochma o‘qlarni otgani kabi," deb yozadi nashr.
Shu munosabat bilan "Oreshnik"ning mavjudligi Rossiyaga ko‘proq noyadroviy variantlarni beradi va nazariy jihatdan NATO bilan mojaroning dastlabki bosqichida yadroviy quroldan foydalanish xavfini kamaytiradi. Biroq, bu unga NATO operasiyalarini oddiy darajada sezilarli tarzda izdan chiqarish uchun ko‘proq imkoniyatlar ham beradi.
Hozirgi Yevropa mudofaasi "Oreshnik"dan himoyalanish uchun deyarli hech narsa qila olmaydi. Shu sababli, NATO "Rossiyaga samolyotlarni aniqlash, nishonga olish va yo‘q qilish qiyinroq bo‘lishi uchun ularni uzoq hududlarga tarqatib joylashtirishni hozirdanoq boshlashi kerak."