Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Putinga Ukrainadan "qo‘ng‘iroq qilishdi"

Putinga Ukrainadan "qo‘ng‘iroq qilishdi"

Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukrainadan odamlar "yashirin tarzda" qo‘ng‘iroq qilgan. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi.

U Moskvaga aynan kim qo‘ng‘iroq qilgani va ular Ukraina vakillari ekan-emasligini aniqlashtirmadi.

"Men bu haqda gapirmayman, Vladimir Vladimirovich o‘zi aytsin. U ular bilan suhbatlashdi. Unga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatni tushuntirishdi. U ba’zilari bilan gaplashdi. Bu mazmuni jamoatchilik uchun oshkor qilinmaydigan muloqot edi", - dedi Lukashenko.

Lukashenkoning ta’kidlashicha, bunday aloqalar jurnalistlar bilib qolmasligi uchun oshkor qilinmagan. "Balki Vladimir Vladimirovich tavakkal qilib, unga kim qo‘ng‘iroq qilganini aytib berar," - deya yakunladi Belarus rahbari.

Kiritildi: 21:45 14.03.2025. O'qildi: 31873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!