Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Turkiya kubogi. Shomurodov va Fayzullayev gol urgan bahsda “Bashakshehir” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Turkiya kubogi. Shomurodov va Fayzullayev gol urgan bahsda “Bashakshehir” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Turkiya kubogi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan “Karagyumruk” hamda “Bashakshehir” o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi. 4 fevral, chorshanba kuni Istanbuldagi “Otaturk” stadionida kechgan bahsda Nuri Shahin boshchiligidagi jamoa yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi hisob 8-daqiqada Abbosbek Fayzullayev tomonidan ochilgan bo‘lsa, 22-daqiqada Eldor Shomurodov ham gol urib hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi. Ammo Shomurodov 26-daqiqada o‘zini noqulay sezgani sabab zaxiraga olindi. Uning o‘rniga Migel Krespo maydonga tushdi.

Ikkinchi bo‘limning 50-daqiqasida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Krespo hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. 65-daqiqada Ivan Brnich “Bashakshehir”ning 4-golini kiritdi. 79-daqiqada “Karagyumruk” hisobni bittaga qisqartirdi, ammo bu gol jamoani mag‘lubiyatdan qutqarib qolmadi.

Shu tariqa, “Bashakshehir” Turkiya kubogining 3-turida yirik hisobda g‘alaba qozonib, o‘z hisobiga navbatdagi 3 ochko yozdirib qo‘ydi. Mazkur g‘alabadan keyin Nuri Shahin boshchiligdagi jamoa 6 ochko to‘plagan holda “A” guruhi turnir jadvalida 3-pog‘onani egallab turibdi.

“Bashakshehir” safida o‘ynaydigan O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar a’zosi ham asosiy tarkibda maydonga tushdi. Shomurodov 26-daqiqada jarohat sabab almashtirilgan bo‘lsa, Abbosbek Fayzullayev 58-daqiqada zaxiraga olindi.

Turkiya kubogi, 3-tur
“Karagyumruk” — “Bashakshehir” 1:4
Gollar: 0:1 — Fayzullayev (8), 0:2 — Shomurodov (22), 0:3 — Krespo (50), 0:4 — Brnich (65), 1:4 — Kone (79)

Kiritildi: 23:39 04.02.2026. O'qildi: 186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!