Bugun 8 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Turkiya futbol federasiyasi bosh kotibi iste’foga chiqdi

Turkiya futbol federasiyasi bosh kotibi iste’foga chiqdi

Turkiya Futbol Federasiyasi bosh kotibi Abdulloh Ayoz iste’foga chiqdi.

Bu haqda federasiyaning rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

"Abdulloh Ayoz iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza berdi. Biz uning fidoyi xizmati uchun minnatdorchiligimizni bildiramiz va kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz", deyiladi rasmiy bayonotda.

Shuni ta’kidlash kerakki, Turkiya futbolida "Hakamlar ishi" nomi bilan tanilgan katta janjal avj oldi. Avvalroq, Turkiya Futbol Federasiyasi hakamlar qo‘mitasi raisi Ferhat Gundog‘du hakamlik bo‘yicha tergov doirasida hibsga olinganidan keyin iste’foga chiqqan edi.

Kiritildi: 19:55 07.10.2026. O'qildi: 297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!