Bugun 15 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Turkiy davlatlar tashkiloti a’zolari o‘rtasida Turkpol tashkilotini tuzish taklifi ilgari surildi

Turkiy davlatlar tashkiloti a’zolari o‘rtasida Turkpol tashkilotini tuzish taklifi ilgari surildi

Turkiya ichki ishlar vaziri Mustafo Chiftchi Turkiy davlatlar tashkiloti ichki ishlar vazirlarining 3-yig‘ilishida Interpol va Yevropolga o‘xshash Turkpol tashkilotini tuzish taklifi bilan chiqdi. U mazkur taklif yig‘ilishda ishtirok etgan Qozog‘iston, Ozarboyjon, Qirg‘iziston va O‘zbekiston ichki ishlar vazirlari tomonidan ijobiy qabul qilinganini bildirdi.

Chiftchi, shuningdek, Jinoyatchilikka qarshi kurash kengashini tashkil etish masalasi qo‘shma bayonotga kiritilganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, kengash terrorizm, giyohvandlik, noqonuniy migrasiya, noqonuniy bukmekerlik va boshqa jinoyatlarga qarshi kurashda umumiy imkoniyatlarni kuchaytiradi.

Mustafo Chiftchining so‘zlariga ko‘ra, Jinoyatchilikka qarshi kurash kengashi ish boshlaganidan so‘ng uning ijro organi sifatida Turkiy davlatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligi agentligi — Turkpol tashkil etiladi.

Yig‘ilishda, shuningdek, turkiy davlatlar fuqarolarining shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan safar qilishi va aeroportlarda umumiy pasport nazorati punktlarini tashkil etish masalalari ham muhokama qilingan.

Kiritildi: 15:55 13.09.2026. O'qildi: 901 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!