Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Turg‘un Azizov vafot etdi

Turg‘un Azizov vafot etdi



O‘zbekiston xalq artisti, aktyor va rejissyor Turg‘un Azizov 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda aktrisa Dilnoza Kubayeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.


Ma’lumot uchun, Turg‘un Azizov 1934 yilning 30 noyabrida Toshkentdagi «Saryog‘chi» (hozirgi «Beshqayrag‘och») mahallasida tug‘ilgan. 1956 yili avvalgi O‘zbekiston Davlat teatr va rassomchilik institutini tamomlab, shu yili hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatriga ishga qabul qilingan. 33 yoshida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan. 1974 yilda O‘zbekiston xalq artisti unvonini olgan. Shuningdek, u «Mehnat shuhrati» ordeni (2001 yil) sohibi ham hisoblanadi.

Asosiy rollari: Ferdinand («Makr va muhabbat»), Ilyos («Sarvqomat dilbarim»), Eydzi («O‘g‘irlangan umr»), Mark Tuysk («Oqpadar»), Niyoz («Noma’lum kishi»), Yo‘lchi («Qutlug‘ qon»), G‘ofir («Boy ila xizmatchi») va boshqalar.

Rejissor sifatida «Mirzo Ulug‘bek», «Alisher Navoiy», «Mehrobdan chayon», «Chimildiq», «Mashrab» kabi spektakllarni sahnalashtirgan.

Kiritildi: 21:14 22.01.2024. O'qildi: 3169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!