Bugun 28 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

To‘qayev: "Dunyo ishonch inqirozi davriga kirdi"

To‘qayev: "Dunyo ishonch inqirozi davriga kirdi"

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev dunyoning yirik davlatlari o‘rtasida o‘zaro ishonch chuqur inqirozga yuz tutayotganini ma’lum qildi.

To‘qayev bu haqda Qozog‘iston xalqiga yo‘llagan yillik murojaatida ta’kidlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyoda davlatlar o‘rtasida o‘zaro ayblovlar va yashirin qarama-qarshilik kuchaymoqda, xalqaro huquqning ahamiyati pasaymoqda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining nufuzi esa inqirozni boshdan kechirmoqda.

«Butun insoniyat silsilalar va beqarorlik davrida yashayotganini aytish mubolag‘a bo‘lmaydi. Hatto Sovuq urush davrida ham bu qadar murakkab va oldindan aytib bo‘lmaydigan vaziyat kuzatilmagan», — dedi To‘qayev.

Prezident, shuningdek, Qozog‘iston mustaqilligi va suverenitetini himoya qilish bilan bog‘liq vazifalar hali to‘liq hal etilmaganini ta’kidladi.

Uning qayd etishicha, mamlakat oldida turgan vazifalarni bajarish uchun jamiyat birligi zarur. Bunday birliksiz islohotlarni amalga oshirish va taraqqiyotga erishish mumkin emas.

Kiritildi: Bugun 12:40. O'qildi: 324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!