Bu haqda The Daily Beast xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, harakat tarkibiga jurnalist Taker Karlson, siyosatchi Tomas Messi, sobiq kongressmen Mardjori Teylor Grin va sobiq razvedkachi Djo Kent kiradi.
"Biz xorijda boshqa hech qanday urushlar bo‘lmaydi degan edik va shuning uchun Donald Trampni qo‘llab-quvvatlagandik. Chunki u shunday va’da bergan edi. Ammo u barchamizga xiyonat qildi", — deb yozdi Jorjiya shtatidan sobiq kongressmen Mardjori Teylor Grin X ijtimoiy tarmog‘ida.
U postga Taker Karlsonning Men shtatidagi xonadonida yig‘ilgan Tramp raqiblari guruhining suratini ilova qilgan.