Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

OAV: AQSh Eronga sanksiyalarni bekor qilishni taklif qildi

OAV: AQSh Eronga sanksiyalarni bekor qilishni taklif qildi

AQSh Eronga Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish va Tehron bilan bog‘liq kuchlarning hujumlarini to‘xtatish evaziga sanksiyalarni bekor qilish hamda iqtisodiy blokadani tugatishni taklif qildi. Bu haqda Al Hadath telekanali yuqori martabali manbaga tayanib xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Amerika tomonining takliflarini Eronga Pokiston armiyasi bosh qo‘mondoni Osim Munir yetkazgan.

Xabar qilinishicha, Munir Tehronni o‘zaro anglashuv memorandumi ustidagi ishlarni qayta tiklashga ham chaqirgan. Shu bilan birga, u Pokiston ushbu mojaroda tomonlardan birini qo‘llab-quvvatlamasligini ta’kidlagan.

Hozircha AQSh yoki Eron rasmiylari ushbu taklif tafsilotlari bo‘yicha ochiq bayonot bergani haqida ishonchli ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: Bugun 14:17. O'qildi: 909 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!