Oq uy AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Robert O'Brayen koronavirusga chalinganini tasdiqladi.
"Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Robert O'Brayenning Covid-19 ga topshirgan testi ijobiy chiqdi. Unda yengil alomatlar bor”, - dedi Oq uy matbuot xizmati.
Ma’muriyat xodimlari, shuningdek, hozirgi vaziyatni AQSh prezidenti Donald Tramp yoki vise-prezident Mayk Pens uchun xavf sifatida ko‘rmasliklarini, so‘nggi haftalarda ular O'Brayen bilan aloqada bo‘lmaganliklarini aytishdi.
Avvalroq, Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisida infektsiyasi aniqlangani haqida Bloomberg xabar bergan edi.