Bugun 28 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Trampning matbuot kotibi lavozimiga nomzodlar orasida Niki Minaj nomi tilga olindi

Trampning matbuot kotibi lavozimiga nomzodlar orasida Niki Minaj nomi tilga olindi

Keti Zaxariyaning muvaffaqiyatsizligidan so‘ng AQSh prezidenti Donald Trampga yangi matbuot kotibi zarur bo‘lib qoldi. Ko‘tilmaganda, uning kommunikasiyalar bo‘yicha direktori Stiven Chung prezidentning Air Force One samolyoti bortida bo‘lib qaytgan reper Niki Minajni ushbu lavozimga nomzodlar qatorida tilga oldi.

«Xonumlar va janoblar, menimcha, biz Oq uyning yangi matbuot kotibini topdik shekilli!», — deb yozdi Chung X (sobiq Twitter) tarmog‘ida.

Oq uyning rasmiy akkaunti esa Chungning postiga ko‘p ma’noli emodzi bilan munosabat bildirdi.

BILD tahririyatining fikricha, bu shunchaki hazil bo‘lishi ehtimoli juda yuqori. Trampga oshkora tan berishini bildirgan Niki Minajning so‘zlariga ko‘ra, prezident «iqtisodni yaxshi tushunadi» va tashqi siyosatda «juda qat’iyatli», chunki u boshqa mamlakatlarga «ularga nima kerakligini emas, bizga nima kerakligini» aytadi. Bundan tashqari, Minaj Amerikaning boshqa davlatlarga «xushomad qilish» uchun ortiq pul to‘lamayapganidan mamnunligini bildirgan.

Superyulduz prezident samolyoti bortiga bejizga chiqib qolmagan: u Tramp bilan birga Michiganga, saylovoldi tadbirida chiqish qilish uchun uchib kelgan edi. Kongressga saylovlar oldidan prezidentga har qanday qo‘llab-quvvatlov zarur.

Michiganda Minaj o‘zini Trampning «birinchi raqamli muxlisi» deb atadi va amalda unga bo‘lgan xayrixohligini tan oldi: «Men uni juda yaxshi ko‘raman». Bu simpatiya o‘zaro ekani ko‘rinib turibdi. Tramp Minajni «rep qirolichasi» va «butunlay bo‘lakcha inson» deb atadi.

📌 Ma’lumot uchun: Minajning haqiqiy ismi — Onika Tanya Maraj. U 1982 yilda Trinidad va Tobagoda tug‘ilgan, keyinchalik Nyu-Yorkda katta bo‘lgan. Uning 2010 yilgi «Pink Friday» debyut albomi unga xalqaro muvaffaqiyat keltirgan. Bugungi kunda Minaj dunyodagi eng mashhur rep ijrochilaridan biri hisoblanadi. Uning shaxsiy boyligi 150 million dollardan ortiq deb baholanmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:10. O'qildi: 450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!