Trampning kuyoviga tegishli kompaniya Serbiya poytaxtida mehmonxona qurish loyihasidan chiqdi, deb yozmoqda The New York Times.
Bu haqda Serbiya prokuraturasi 500 million dollarlik loyiha bo‘yicha to‘rt nafar yuqori martabali amaldorni korrupsiyada ayblaganidan bir necha soat o‘tib e’lon qilindi, deya xabar bermoqda nashr.
NATO qo‘shinlari tomonidan 1999 yilda bombardimon qilingan Belgraddagi Yugoslaviya Bosh shtabi binosi o‘rnida mehmonxona qurish loyihasini Jared Kushner va Trampning o‘g‘illari boshqaradigan Trump Organization ilgari surgan edi.
Serbiyada bu bino “milliy fojia” ramzi sifatida tan olingani sababli loyiha mamlakat aholisi o‘rtasida kuchli norozilikka sabab bo‘layotgan edi.