Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp Zelenskiyni G20 sammitiga taklif qilish niyatida

Tramp Zelenskiyni G20 sammitiga taklif qilish niyatida

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni dekabr oyida Florida shtatidagi Mayami shahri atrofida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga taklif qilish niyati borligini ma’lum qildi.

Amerika yetakchisi bu haqda «Katta yigirmatalik» yetakchilari uchrashuvida Zelenskiyning ishtirok etishi mumkinligi haqidagi savolga javob berar ekan, jurnalistlarga ma’lum qilgan.

«Ha, bunda hech qanday muammo yo‘q», — dedi Tramp.

Shuningdek, u Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro yaqin kelajakda yakunlanishiga ishonch bildirdi.

«Menimcha, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush unchalik uzoq bo‘lmagan kelajakda tugaydi», — deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.

Kiritildi: Bugun 14:30. O'qildi: 384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!