AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelani Amerika Qo‘shma Shtatlari tarkibiga 51-shtat sifatida qo‘shish va u yerda prezident o‘rniga gubernator saylovini o‘tkazishni taklif qildi.
Amerika yetakchisi bu haqda Texas shtatidagi Korpus-Kristi shahrida bo‘lib o‘tgan saylovoldi mitingida bayonot berdi.
«Venesuelaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bizning munosabatlarimiz juda yaxshi, ajoyib darajaga yetdi», — dedi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Venesuelani farovon kelajak kutmoqda va kelajakda mamlakat AQShning bir qismiga aylanishi mumkin.
«Kim biladi, ehtimol, yaqin orada u farovon 51-shtatga aylanar. Buning imkoni bor. Keling, uni 51-shtatga aylantiramiz», — dedi AQSh prezidenti.
Tramp, shuningdek, Venesueladagi boshqaruv tizimini o‘zgartirishni taklif qildi.
«U yerda prezident emas, gubernator saylovini o‘tkazamiz. Bu g‘oya sizlarga qanday? Yoqdimi? Menga yoqdi», — deya miting ishtirokchilariga murojaat qildi u.
Bundan tashqari, Amerika yetakchisi AQSh va Venesuela o‘rtasida yirik neft kelishuvi tuzilganini eslatdi.
«Endi bizda boshqa har qanday mamlakatdan, hatto qolgan barcha mamlakatlarni birgalikda olganda ham ko‘proq neft bor», — dedi Tramp.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Venesuela nefti Texasdagi korxonalarda qayta ishlanadi.