Venesuela Vashington bilan hamkorlik doirasida AQShga yetkazib berish uchun millionlab barrel neft qazib chiqarmoqda.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Karolina shtatida Respublika partiyasi tarafdorlari bilan o‘tkazilgan mitingda ma’lum qildi.
«Biz Venesueladagi urushda bir kun ichida g‘alaba qozondik. Hozir biz ular bilan hamkorlikda mamlakatimizga yetkazib berilayotgan millionlab va millionlab barrel neft qazib chiqarmoqdamiz», — dedi Amerika yetakchisi.