AQSh prezidenti Donald Tramp Ilon Maskdan Ukraina hududida Starshield sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimidan foydalanishga joriy etilgan cheklovlarni bekor qilishni talab qildi.
Bu haqda The Wall Street Journal nashri o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Manbalarning ma’lum qilishicha, Tramp va Mask o‘rtasidagi suhbatdan ko‘p o‘tmay, Starshield tizimlari qayta ishlay boshlagan.
Biroq tizim faoliyati to‘liq tiklanmagan. Xususan, aloqa tezligi hali ham avvalgi darajasiga qaytmagan.