Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Tramp o‘zini "Ukraina xaloskori" deb atadi

Tramp o‘zini "Ukraina xaloskori" deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp The Atlantic nashri bosh muharriri Jeffri Goldbergga bergan intervyusida Rossiyaning harakatlariga qarab, Ukrainaga katta yordam ko‘rsatishi mumkinligini bildirdi.

28 aprelda e’lon qilingan intervyuning bir qismi Trampning mojaro atrofidagi vaziyatga bergan bahosiga bag‘ishlangan. Jurnalist eslatishicha, 24 aprelga o‘tar kechasi Rossiyaning Kiyevga uyushtirgan hujumlaridan so‘ng Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinni jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirgan.

Tramp oxir-oqibat "Zelenskiy tomonida" turishi mumkinmi, degan savolga "Aynan Zelenskiy tomonida emas, lekin Ukraina tomonida turish mumkin, ha," deya javob qaytardi.

Shu bilan birga, Tramp Ukraina prezidenti bilan "qiyinchiliklarga duch kelganini" ta’kidladi. Xususan, u mart oyida Oval kabinetda yuz bergan ommaviy voqeani tilga oldi.

"U faqat jim turishi kerak edi, tushunayapsizmi? U o‘z maqsadiga erishdi," dedi Tramp.

Tramp intervyuda Ukraina tez orada "parchalanishi" mumkinligini, o‘zi esa uni qutqarishga urinayotganini ta’kidladi.

"Men bu mamlakatni qutqaryapman deb o‘ylayman. O‘ylaymanki, u tez orada tor-mor qilinadi... Keling, haqiqatga tik qaraylik," deb aytgan Tramp.

Tramp o‘zining birinchi prezidentlik muddati davomida Kiyev mudofaasida muhim rol o‘ynagan Javelin raketa komplekslarini Ukrainaga topshirganini eslatdi.

Kiritildi: 20:22 29.04.2025. O'qildi: 785 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!