Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Tramp Ukraina rahbarlarini Oq uyga taklif qilmoqchi emas...

Tramp Ukraina rahbarlarini Oq uyga taklif qilmoqchi emas...

AQSh prezidenti Donald Tramp tinchlik kelishuvi imzolanmaguncha Ukraina rahbarlarini Oq uyga taklif qilmasligini bildirgan, deb yozmoqda Politico.

Nashrning o‘z manbalariga tayanib yozishicha, bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio yevropalik hamkorlariga ma’lum qilgan. Rubio, shuningdek, Vashington Ukrainaga qandaydir xavfsizlik kafolatlarini faqat Rossiya bilan urushni yakunlash bo‘yicha bitim imzolanganidan keyin berishga rozi bo‘lishini aytdi.

"Ukraina G‘arbning xavfsizlik kafolatlarini Rossiya bilan ehtimoliy kelishuvning asosiy elementi sifatida ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, NATO ichida Kiyevga harbiy yoki razvedka yordami berish borasida yagona pozisiya yo‘q", deya yozmoqda Politico.

"Ba’zi Yevropa davlatlari Tramp ma’muriyati vaziyatni Rossiya foydasiga og‘dirib yuborishidan qo‘rqmoqda. Vashingtonning tinchlik rejasida inson huquqlari, gumanitar huquq, xalqaro huquq yoki prinsiplar haqida biror og‘iz gap yo‘q. Bu esa Yevropa xavfsizligini zaiflashtirishi mumkin", — deya fikr bildirdi yevropalik amaldorlardan biri.

Kiritildi: 22:05 27.11.2025. O'qildi: 843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!