Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp UFC rahbariga Oq uy matbuot kotibi lavozimini taklif qildi

Tramp UFC rahbariga Oq uy matbuot kotibi lavozimini taklif qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp UFC rahbari Dana Uaytga Oq uy matbuot kotibi lavozimini taklif qildi. Biroq Uayt bu taklifni qabul qilish niyatida emas.

Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Uaytni ushbu lavozimga taklif qilib, UFC jangchilarini ham o‘z yordamchilari sifatida jalb etish istagini bildirgan.

CNN ma’lumotiga ko‘ra, Tramp yordamchilaridan biri bu taklif hazil tariqasida aytilganini bildirgan. Uayt esa 9 noyabr kuni Vashingtonda Tramp bilan uchrashishini ma’lum qilgan.

Tramp va Uaytni ko‘p yillik do‘stlik va hamkorlik aloqalari bog‘lab turadi. Ular Trampning 80 yoshligi munosabati bilan Oq uyda UFC janglarini tashkil etishni ham rejalashtirgan.

Kiritildi: 23:11 08.11.2026. O'qildi: 818 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik