AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan olib borilayotgan muzokaralar mojaroning tugashiga olib kelishi mumkinligini aytdi. Biroq Vashington zarurat tug‘ilgan taqdirda harbiy zarbalarni qayta boshlashga tayyorligini saqlab qolmoqda.
Bu haqda Amerika yetakchisi Oq uyda jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, ma’lum qildi.
«Ular biz bilan gaplashmoqda va juda xushmuomalalik bilan muloqot qilmoqda. Nima bo‘lishini ko‘ramiz. Ammo bularning barchasi yakunlanishi uchun yaxshi imkoniyatlar bor», — dedi u.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, mojaro tez sur’atlarda yakunlanish tomon harakat qilmoqda. Biroq AQSh o‘z ittifoqchilarining manfaatlarini ham hisobga oladigan uzoq muddatli kelishuvga erishishga intilmoqda.
Shu bilan birga, prezident Reuters agentligiga bergan intervyusida Vashington istalgan vaqtda Eronga yangi zarbalar berishga tayyorligini ta’kidladi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Qatar va Saudiya Arabistoni mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori.