AQSh prezidenti Donald Tramp Tinchlik kengashining birinchi yig‘ilishida Rossiyaning G‘azo sektoriga yordam ko‘rsatishda ishtirok etishiga umid bildirgan. Bu haqda Rossiya axborot agentligi xabar berdi.
“Men Xitoy ishtirok etishini bilaman. Va menimcha, Rossiya ham ishtirok etadi. O‘ylaymanki, ular ham qatnashadi”, — dedi Amerika yetakchisi.