Ushbu qonun loyihasini marhum senator Grem ishtirokida ishlab chiqilgan, deb yozmoqda CNN
Xabarlarga ko‘ra, ushbu qonun loyihasi Trampga Rossiya nefti, urani va tabiiy gazini sotib oluvchi mamlakatlardan import qilinadigan mahsulotlarga 500 foizlik boj joriy etish imkonini beradi.
Senatning har ikkala partiyasidan bo‘lgan yetakchilar qonun loyihasining qabul qilinishi Lindsi Grem xotirasiga hurmat bajo keltirish bo‘lishini ma’lum qilishdi.
Grem Rossiya rasmiylarining eng ashaddiy tanqidchilaridan biri edi va bir necha bor Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihalarini kiritgan.