Bugun 6 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Tramp Oval kabinetni milliy yodgorlik deb e’lon qildi

Tramp Oval kabinetni milliy yodgorlik deb e’lon qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp 5 noyabr kuni Oval kabinetga milliy yodgorlik maqomini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Qarorga ko‘ra, kelgusi prezidentlar kabinetning tarixiy ko‘rinishini saqlashi kerak bo‘ladi.

Tramp o‘zining ikkinchi prezidentlik muddatida Oval kabinet interyerini o‘zgartirib, unga ko‘plab oltin rangli bezaklar qo‘shgan. Uning aytishicha, Oq uyga tashrif buyurgan xorijiy davlat rahbarlari yangilangan muhitni yuqori baholagan.

Biroq bu o‘zgarishlar AQShda tanqidlarga ham sabab bo‘ldi. Sobiq prezident Barak Obama oltin bezaklarni kinoya qilib, Oq uyni “Saddam Husayn pishloqli tortlar fabrikasini ochgandek”ko‘rinishga kelganini aytgan.

Kiritildi: Bugun 16:12. O'qildi: 261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik