Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Netanyaxuning raqibi bilan hamkorlik qilishga qarshi emas

Tramp Netanyaxuning raqibi bilan hamkorlik qilishga qarshi emas

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilda hukumat rahbari almashgan taqdirda ham mamlakat bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor. Bu haqda AQShning Isroildagi elchisi Mayk Xakabi ma’lum qildi.

«Xalq o‘z tanlovini qildi. Albatta, biz xalq saylagan hukumat bilan hamkorlik qilamiz», — dedi diplomat «Yashar» partiyasi yetakchisi Gadi Ayzenkotning ehtimoliy bosh vazirligi haqidagi savolga javoban.

Xakabining ta’kidlashicha, Trampning saylov kampaniyasida Binyamin Netanyaxuni qo‘llab-quvvatlagani boshqa qonuniy saylangan hukumat bilan munosabatlar o‘rnatilishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Elchi Vashington Netanyaxu va Ayzenkotni Oq uyga muzokaralarga taklif qilishni rejalashtirayotganidan xabari yo‘qligini, biroq bunday imkoniyatni istisno etmasligini bildirdi.

Kiritildi: 05:16 12.11.2026. O'qildi: 651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik