AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahudan G‘azo sektori bo‘yicha tinchlik rejasini amalga oshirishni boshlashni so‘radi. Bu haqda Axios nashri xabar berdi.
Reja “HAMAS”harakatini qurolsizlantirish, G‘azo sektorini demilitarizasiya qilish va hudud boshqaruvini yangi falastinlik texnokratik hukumatga topshirishni nazarda tutadi.
Nashr manbalariga ko‘ra, Isroildagi saylovlar sabab rejani amalga oshirish bir necha oyga kechiktirilgan. Biroq Oq uy tashabbusni Isroilda hokimiyatga kim kelishidan qat’i nazar amalga oshirish niyatida.