AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Germaniya kansleri Mersga murojaat qilib, unga Rossiya–Ukraina urushiga ko‘proq e’tibor qaratishni, Eron yadroviy tahdidini bartaraf etishga to‘sqinlik qilmaslikni maslahat berdi.
«Germaniya kansleri Rossiya/Ukraina urushiga ko‘proq vaqt ajratishi kerak (u bu borada mutlaqo samarasiz bo‘ldi!), shuningdek vayron bo‘lgan mamlakatni tiklash, ayniqsa migrasiya va energetika masalalariga e’tibor qaratishi lozim. Eron yadroviy tahdidini bartaraf etishga aralashish esa kamroq bo‘lishi kerak — bu orqali dunyo, jumladan Germaniya ham, yanada xavfsiz bo‘ladi!», — dedi Tramp.