AQSh prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melaniya Tramp kelajakda Rossiya va Ukraina bilan bog‘liq diplomatik muloqotlarda yanada faolroq ishtirok etishi mumkinligini bildirdi.
Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.
"Shunday deb o‘ylayman. Menimcha, hozir u bu ishni professional diplomatlardan ham yaxshiroq uddalayapti", — dedi Tramp.
Shu tariqa, AQSh prezidenti birinchi xonimning diplomatik sa’y-harakatlariga yuqori baho berib, uning kelgusidagi ishtirokini istisno qilmadi.