Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ronaldu «Oltin to‘p» tashkilotchilari bilan mojaroni hali ham unutmagan

Ronaldu «Oltin to‘p» tashkilotchilari bilan mojaroni hali ham unutmagan

Portugaliya terma jamoasi va «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu beshinchi yil ketma-ket «Oltin to‘p» marosimidagi eng yaxshi yosh futbolchini aniqlash ovoz berishida ishtirok etmadi.

L’Équipe ma’lumotiga ko‘ra, bunga portugaliyalik futbolchining mukofot tashkilotchisi France Football nashri bilan davom etayotgan kelishmovchiligi sabab bo‘lgan. Zinedin Zidan va Mishel Platini ham ovoz berishdan bosh tortgan.

Bu yil eng yaxshi yosh futbolchi nominasiyasida «Barselona» hujumchisi Lamin Yamal g‘olib bo‘lgan.

Mojaro 2021 yilda boshlangan. O‘shanda France Football bosh muharriri Paskal Ferre Ronalduning asosiy maqsadi Messidan ko‘proq «Oltin to‘p» yutish ekanini aytgan.

Ronaldu bu gaplarni rad etib, Ferreni yolg‘onchilikda ayblagan va shundan so‘ng «Oltin to‘p» bilan bog‘liq tadbirlarni boykot qila boshlagan.

Kiritildi: 19:15 31.10.2026. O'qildi: 485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!