Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp ma’muriyati Rossiyadan Eronga razvedka ma’lumotlarini bermaslikni so‘radi

Tramp ma’muriyati Rossiyadan Eronga razvedka ma’lumotlarini bermaslikni so‘radi

Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiyadan Eronga AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy ob’ektlariga zarba berishi uchun ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmaslikni qattiq iltimos qildi. U bu haqda prezident Donald Trampning samolyoti bortida jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida ma’lum qildi.

"Agar Moskva Tehronga yordam berayotgan bo‘lsa ham, bu unchalik katta yordam emas. Agar oxirgi haftada Eron bilan nimalar yuz berganiga qaraydigan bo‘lsak, hattoki ma’lumot olayotgan bo‘lishsa ham bu ularga deyarli yordam bermayapti", — dedi Uitkoff.

Prezident Donald Tramp Rossiya nizoga qo‘shilayotgani haqidagi savolga javoban AQSh Eronning harbiy salohiyatini allaqachon yo‘q qilganini aytdi.

"Ular o‘zlari istagan barcha ma’lumotlarni berishlari mumkin, lekin bu ma’lumotlar jo‘natilayotgan odamlar yakson qilindi. Rossiya ham yakson qilinishi mumkin edi", — dedi AQSh prezidenti.

Avvalroq CNN razvedka ma’lumotlari bilan tanish bo‘lgan manbalariga tayanib Rossiya Eronga AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy ob’ektlariga zarba berishi uchun ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etayotgani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 14:43 09.03.2026. O'qildi: 1314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!