Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp ma’muriyati Grenlandiyani Qo‘shma Shtatlar tarkibiga qo‘shish bo‘yicha ko‘rsatmalar tayyorladi — The New York Times

Tramp ma’muriyati Grenlandiyani Qo‘shma Shtatlar tarkibiga qo‘shish bo‘yicha ko‘rsatmalar tayyorladi — The New York Times

Tramp ma’muriyati Grenlandiyani Qo‘shma Shtatlar tarkibiga qo‘shish rejasini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalarni tayyorlab, tegishli idoralarga yuborgan, deb xabar berdi nashr hukumatdagi manbasiga tayanib.

NYT suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, orol aholisi AQSh tarkibiga qo‘shilish tashabbusini o‘zlari ilgari surishlari uchun media kampaniya o‘tkazish rejalashtirilgan.

Gazetaning yozishicha, bu reja allaqachon amalga oshirilmoqda. Masalan, AQSh rasmiylari ochiqchasiga Daniya Grenlandiya aholisi haqida yetarlicha g‘amxo‘rlik qilmaganini aytmoqda, shuningdek, faqat Qo‘shma Shtatlar orolni Rossiya va Xitoy bosqinidan himoya qila olishini ta’kidlamoqda. Tramp esa AQSh grenlandiyaliklarga “boyib ketishda” yordam berishini aytgan.

Shuningdek, Tramp ma’muriyati Grenlandiya aholisi uchun moliyaviy rag‘batlantirish choralarini o‘rganmoqda. Jumladan, Daniya tomonidan har yili orolga ajratiladigan 600 million dollarlik subsidiya o‘rniga har bir aholi uchun yiliga taxminan 10 ming AQSh dollari miqdorida to‘lov joriy etilishi mumkin.

Tramp ma’muriyatidagi ba’zi amaldorlar bu xarajatlar Grenlandiyaning tabiiy boyliklari, jumladan, mis, oltin, uran va neft qazib olishdan olinadigan daromadlar orqali qoplanishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Kiritildi: 12:08 11.04.2025. O'qildi: 746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!