Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya NATOni ogohlantirmoqda: Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya bilan hech qanday hamkorlik bo‘lmasin!

Rossiya NATOni ogohlantirmoqda: Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya bilan hech qanday hamkorlik bo‘lmasin!

Shimoliy Atlantika ittifoqining Janubiy Kavkazdagi har qanday harakatlari "u yerda beqarorlik hududini yaratishga" qaratilgan, deb ta’kidladi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

"28 apreldan boshlab Gruziyada NATO ishtirokida navbatdagi qo‘mondonlik-shtab mashqlari o‘tkazilmoqda. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirda harbiy blokka a’zo va hamkor bo‘lgan 17 ta davlat, jumladan, Armaniston va Ozarbayjon qatnashmoqda. Shunday qilib, ittifoq Janubiy Kavkaz respublikalarini o‘z ta’sir doirasiga tortish siyosatini davom ettirmoqda," - dedi Zaxarova.

Rossiya TIV vakilining ta’kidlashicha, "NATO aynan shunday hamkorlik shakllari orqali mintaqalarga o‘z me’yorlarini, o‘z mafkurasini singdirmoqda, mudofaa tizimini qayta shakllantirishga, qurolli kuchlarning rivojlanishi va tashqi siyosiy jarayon ustidan nazorat o‘rnatishga sharoit yaratmoqda."

Zaxarovaning aytishicha, "NATOning Janubiy Kavkazda olib borayotgan har qanday harakatlari xavfsizlikni mustahkamlashga emas, balki u yerda beqarorlik va harbiy-siyosiy taranglik hududini vujudga keltirishga qaratilgan."

U Janubiy Kavkaz davlatlarining "bunday tadbirlarda ishtirok etishga tanqidiy yondashishlarini" umid qilmoqda.

Kiritildi: 22:57 06.05.2025. O'qildi: 1296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!