AQSh prezidenti Donald Tramp va uning milliy xavfsizlik bo‘yicha jamoasi yaqin haftalarda Eronda Amerikaning keng ko‘lamli harbiy amaliyotlarini qayta boshlash imkoniyatini muhokama qildi.
Bu haqda NBC News telekanali amerikalik bir amaldor hamda muhokamalardan xabardor yana bir manbaga tayanib xabar berdi.
Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, ko‘rib chiqilayotgan variantlar orasida kelasi oy bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarga qadar Eronga zarbalar berish imkoniyati ham bor.