Donald Tramp ma’muriyati KXDR bilan muloqotni qayta yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Axios saytining xabar berishicha, bu borada tashqi ekspertlar bilan maxfiy ravishda maslahatlashuvlar o‘tkazilgan.
"So‘nggi to‘rt yil ichida vaziyat sezilarli darajada o‘zgardi. Biz turli variantlarni, jumladan, o‘zaro hamkorlikni baholamoqdamiz, tahlil qilmoqdamiz va muhokama etmoqdamiz," - deya portalga AQShning yuqori lavozimli vakili ma’lum qildi. U shuningdek, Vashington Pxenyanning yadro dasturi hozirda qaysi bosqichda ekanligini tushunishga harakat qilayotganini qo‘shimcha qildi.
Xususan, o‘tgan hafta Shvesiyaning KXDRdagi elchisi Andreas Bengtsson AQSh rasmiy shaxslari va ekspertlari bilan maslahatlashish uchun AQShga tashrif buyurdi. Manbalarga ko‘ra, bunday uchrashuvlar yopiq formatda o‘tkaziladi. Muhokama mavzularidan biri esa, agar muzokaralar boshlanadigan bo‘lsa, Pxenyan bilan kim muzokara olib borishi masalasi bo‘lgan.
Ushbu manbalarga ko‘ra, Tramp ma’muriyati sobiq rasmiylar va tashqi ekspertlar bilan AQSh prezidentining Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan yangi uchrashuvini o‘tkazish masalasini muhokama qilmoqda.