Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp: «JCH-2026 AQSh iqtisodiyotiga 18 milliard dollardan ortiq daromad keltirdi»

Tramp: «JCH-2026 AQSh iqtisodiyotiga 18 milliard dollardan ortiq daromad keltirdi»

AQSh prezidenti Donald Tramp 2026 yilgi jahon chempionati mamlakat iqtisodiyotiga 18 milliard dollardan ortiq mablag‘ keltirganini ma’lum qildi.

Jahon chempionati 2026 yil 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tdi. Turnir o‘yinlariga AQShning 11 ta shahri mezbonlik qildi.

«Amerikalik sayyohlar uchun ajoyib yoz bo‘ldi! Amerikaliklar qariyb 300 milliard mil yo‘l bosdi. Milliy bog‘larimiz 78 million nafar tashrif buyuruvchini qabul qildi.

Futbol bo‘yicha jahon chempionati iqtisodiyotimizga 18 milliard dollardan ortiq mablag‘ olib keldi va 160 mingdan ziyod ish o‘rni yaratdi!

Sayohat va turizm yangi ish o‘rinlari, investisiyalar hamda Amerika kompaniyalari va jamoalariga milliardlab dollar mablag‘ keltiradi.

Biz byurokratik to‘siqlarni qisqartiryapmiz, aviaqatnovlarni modernizasiya qilyapmiz hamda AQShga tashrif buyurish va bu yerda biznes yuritishni osonlashtiryapmiz.

Amerika biznes uchun ochiq — eng yaxshi kunlar esa hali oldinda!» — deb yozdi Donald Tramp.

Kiritildi: Bugun 11:23. O'qildi: 327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!