Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Tramp Irlandiyaning birlashishi bo‘yicha referendum o‘tkazilishini istisno qilmadi

Tramp Irlandiyaning birlashishi bo‘yicha referendum o‘tkazilishini istisno qilmadi

AQSh prezidenti Donald Tramp kelajakda Buyuk Britaniya tarkibiga kiruvchi Shimoliy Irlandiya bilan Irlandiya Respublikasini birlashtirish bo‘yicha referendum o‘tkazilishini istisno qilmadi.

Tramp bu bayonotni Irlandiyadagi golf klubida jurnalistlarga ilgari bunday referendum o‘tkazilishini rad etgan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Endi Bernemning izohlariga munosabat bildirish chog‘ida aytib o‘tdi.

"Hamma shunday deydi, keyin bir narsa bo‘ladi. Shimoliy Irlandiya va Irlandiya bor va menga tarixdagi eng tabiiy qadamlardan biri ularni birlashtirish bo‘lib tuyuladi", dedi Amerika yetakchisi.

"Shinn feyn" millatchi respublikachi partiyasining Olsterdagi saylovlardagi muvaffaqiyatlari fonida Irlandiyaning birlashishi haqidagi munozaralar tobora keng tarqalgan bo‘lib bormoqda. 2022 yilda "Shinn feyn" tarixda birinchi marta Shimoliy Irlandiyadagi mintaqaviy saylovlarda g‘alaba qozondi.

2024 yilgi Britaniya Jamoatlar palatasi saylovlarida ham partiya birinchi marta Olsterdagi har qanday siyosiy kuchning eng yaxshi natijasiga erishdi.

Biroq, an’anaga muvofiq, "Shinn feyn" Vestminsterda parlament ishlarida qatnashmaydi: partiya a’zolari ovoz bermaydilar yoki qonun chiqaruvchi organdagi o‘rinlarini egallamaydilar, chunki ular Britaniya monarxiga majburiy sadoqat qasamyodini berishni istamaydilar.

Kiritildi: 10:05 14.09.2026. O'qildi: 602 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!