AQSh prezidenti Donald Tramp va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 2 fevral kuni ertalab telefon orqali suhbatlashib, ikki tomonlama hamkorlik va Rossiya–Ukraina urushi masalalarini muhokama qildi.
Trampning Truth Social’dagi bayonotiga ko‘ra, Modi Rossiya neftini xarid qilishni to‘xtatishga rozi bo‘lgan va AQSh hamda ehtimol Venesueladan ko‘proq neft sotib olishga kelishib olishgan.
Trampning ta’kidlashicha, bu qadam Ukrainadagi urushni to‘xtatishga yordam beradi, chunki har hafta minglab odamlar halok bo‘lyapti.