AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington va Tehron o‘rtasida kelishuvga erishilmasa, Eronga qarshi havo hujumlarini uyushtirishi mumkinligini aytdi. U Eron Islom Respublikasi bo‘yicha qaror qabul qilish vaqti yaqinlashayotganini bildirdi.
Oq uydagi matbuot anjumanida jurnalistlar Trampdan agar u eronliklarni “aqldan ozgan va mantiqsiz harakat qiluvchi” deb hisoblasa, ular bilan qanday qilib bitim tuzmoqchiligini so‘radi.
"Ehtimol, biz ularni yana bombardimon qilamiz. Biz bu haqda qaror qabul qilishimiz kerak. Ularni bombardimon qilamiz yoki kelishuvga erishamiz. Vaqt tugab bormoqda. Mazkur masala u yoki bu tarzda juda tez orada yakuniga yetadi", — deya javob berdi prezident.
Shu bilan birga, Tramp kelayotgan dam olish kunlarida Eronga qarshi AQSh zarbalarini qayta tiklash ehtimolini ham istisno qilmadi va bu haqda doim o‘ylab yurganini aytdi.