Bugun 25 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp: "Erondan keyin AQSh Kuba bilan shug‘ullanadi"

Tramp: "Erondan keyin AQSh Kuba bilan shug‘ullanadi"

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Eronga nisbatan harakatlarini yakunlaganidan so‘ng Kuba bilan shug‘ullanishni rejalashtirayotganini bildirdi. U shuningdek, Amerika harbiy kemalarini orol qirg‘oqlariga yuborish ehtimolini ham istisno qilmadi.

Amerika yetakchisi bu haqda Florida shtatida o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvda so‘zladi.

Tramp o‘z ma’muriyati AQSh Qurolli kuchlariga rekord darajadagi — 1 trillion dollar mablag‘ ajratganini ta’kidladi.

«Bizda dunyodagi eng yaxshi harbiy texnika bor. Buni Venesueladagi voqealar davomida ko‘rdingiz. Eron ham bizda eng yaxshi harbiy texnika borligini aytib beradi. Endi Kuba-chi? Xavotir olmang. Erondan qaytayotganimizda Kuba bilan shug‘ullanamiz, u yerda biroz to‘xtab o‘tamiz», — dedi u.

AQSh prezidenti, shuningdek, Kuba qirg‘oqlariga harbiy kemalar yuborilishi mumkinligini ham aytdi.

«Ular qo‘llarini ko‘tarishadi, shundan keyin biz [AQSh davlat kotibi] Marko Rubioni yuborib, ishni oxiriga yetkazamiz. Hatto to‘xtab o‘tishimiz ham shart emas. Uni shunchaki o‘sha yerga yuborishimiz mumkin, u hammasini o‘zi hal qiladi», — deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Kiritildi: 10:00 24.10.2026. O'qildi: 717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!