AQSh Prezidenti Donald Tramp Eron tomoni muzokaralar davomida Vashingtonga kerak bo‘lgan deyarli hamma narsaga rozi bo‘lganini ma’lum qildi.
Tramp bu haqda CNBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Oq uy rahbari Tehron bilan muzokaralar hanuz davom etayotganini qo‘shimcha qildi.
«Mening fikrimcha, ular bizga kerak bo‘lgan deyarli hamma narsaga rozi bo‘lishdi», — deb bayonot berdi AQSh prezidenti.