Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Tramp Erdog‘an bilan TDTning bo‘lajak sammitini muhokama qildi

Tramp Erdog‘an bilan TDTning bo‘lajak sammitini muhokama qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an bilan bo‘lajak Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) sammiti munosabati bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyatining Kommunikasiyalar boshqarmasi ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, telefon muloqoti 29 oktyabr kuni Turkiyada Respublika kuni munosabati bilan tashkil etilgan va TDTga a’zo davlatlar rahbarlari ishtirok etgan kechki ovqat vaqtida bo‘lib o‘tgan.

Suhbat davomida Erdog‘an amerikalik yetakchiga kechki ovqatda ishtirok etgan davlat rahbarlarining salomlarini yetkazgan.

Turkiya prezidenti TDTning XIII sammiti Anqara shahrida o‘tkazilishini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda aholisi 200 milliondan ortiq bo‘lgan Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlik tayanchiga aylangan tashkilotni yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi qarorlar qabul qilinadi.

O‘z navbatida, Tramp Erdog‘anga Turkiy davlatlar tashkiloti rahbarlari sammitini o‘tkazishda muvaffaqiyat tilagan.

Kiritildi: Bugun 09:40. O'qildi: 373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!