Bugun 1 may, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Eron hujumlari oqibatida katta zarar ko‘rganini tan oldi

AQSh Eron hujumlari oqibatida katta zarar ko‘rganini tan oldi

Responsible Statecraft ma’lumotiga ko‘ra, Erondagi operasiya AQShga jiddiy zarar yetkazgan va mamlakatning katta miqyosli mojaroga tayyor emasligini ko‘rsatgan.

Nashrda ta’kidlanishicha, Yaqin Sharqdagi Amerika harbiy bazalariga katta zarar yetgan. Infratuzilma, havo hujumidan mudofaa tizimlari va yer usti radarlari yo‘q qilingan.

Shuningdek, qimmatbaho samolyotlar — jumladan yoqilg‘i quyish samolyotlari va erta ogohlantiruvchi AWACS havo kemalari ham shikastlangan yoki ishdan chiqqan.

Ma’lum qilinishicha, ayrim bazalar shunchalik zaiflashganki, amerikalik harbiylar u yerda joylasha olmay, masofadan turib ishlashga majbur bo‘lgan.

Mualliflar fikricha, bu holat AQShning milliy manfaatlarni himoya qilish qobiliyatiga shubha uyg‘otadi.

Kiritildi: 21:25 30.04.2026. O'qildi: 388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!