AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika tomonidan bojxona bojlari joriy etilganidan so‘ng Kanada Vashington bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarda murosaga moyilroq bo‘lganini ma’lum qildi.
Tramp bu haqda Kongressga oraliq saylovlar arafasida Janubiy Karolina shtatida Respublika partiyasi tarafdorlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
«Kanada saboq olmoqda. Ular yillar davomida bizni aldab kelishdi. O‘tgan yili Kanada tufayli 90 milliard dollar yo‘qotdik», — dedi Amerika yetakchisi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh qo‘shni mamlakatiga yordam berishga tayyor, biroq unga bunday miqyosda moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish niyatida emas.
«Biz ularga yordam berishga qarshi emasmiz, ammo Kanadani 90 milliard dollar bilan subsidiya qilmoqchi emasmiz. Bojxona bojlarini joriy etganimizdan keyin ular so‘nggi paytlarda biz bilan juda xushmuomala bo‘lib qolishdi», — deya ta’kidladi AQSh prezidenti.