AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington hozircha Binance kriptovalyuta birjasiga uyushtirilgan yirik xakerlik hujumida Shimoliy Koreyaning ishtiroki bo‘yicha yakuniy ma’lumotlarga ega emasligini ma’lum qildi. Hujum oqibatida yetkazilgan zarar 6,3 milliard dollarga baholanmoqda.
Amerika yetakchisi bu haqda Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida jurnalistlarga ma’lum qilgan.
«Hozir bu masalani aniqlashtiryapmiz. Shimoliy Koreyaning bunga aloqasi bor-yo‘qligini bilmaymiz. Ammo agar shunday bo‘lsa, bu masalani u bilan muhokama qilamiz», — dedi Tramp.
Avvalroq AQSh Federal tergov byurosi (FBR) kiberhujum uchun javobgarlikni Shimoliy Koreyaning TraderTraitor xakerlar guruhi zimmasiga yuklagan edi.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar 29 oktyabr kuni Binance birjasidan 6 milliard dollardan ortiq qiymatdagi kriptoaktivlarni o‘g‘irlagan. FBR, shuningdek, o‘g‘irlangan mablag‘lar asosan Ethereum kriptovalyutaciga aylantirilayotganini ma’lum qilgan.
O‘z navbatida, Binance hujum oqibatida mijozlarga yetkazilgan zararni to‘liq qoplashga va’da berdi.