Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Agentlikning xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp yuqori malakali xorijiy ishchilarni Amerika kompaniyalariga ishga olish imkonini beruvchi H-1B viza dasturini qayta ko‘rib chiqish haqidagi farmonni imzoladi. Farmon asosida dasturga ariza topshirish uchun 100 ming dollar miqdorida to‘lovni belgilandi va agar to‘lov amalga oshirilmasa, H-1B dasturi doirasida Qo‘shma Shtatlarga kirishni cheklanadi.
Ushbu islohot texnologiya sohasiga eng ko‘p ta’sir qilishi kutilmoqda, chunki bu soha mutaxassislarini asosan H-1B vizalari bo‘yicha jalb qiladi. Ushbu dastur orqali Amerika kompaniyalari, jumladan, Hindiston va Xitoydan yuqori malakali xodimlarni yollaydi.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Microsoft, JPMorgan va Amazon kompaniyalari allaqachon H-1B vizasiga ega xodimlariga Qo‘shma Shtatlarni tark etmaslikni tavsiya qilgan. Mamlakatni tark etganlarga esa 21 sentyabrda kuchga kiradigan o‘zgarishlar amal qilishidan oldin imkon qadar tezroq qaytib kelish tavsiya etilgan.