Bu haqda Qo‘shma Shtatlar prezidenti o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.
"Mening ma’muriyatim TikTok'ni saqlab qolish bo‘yicha bitim ustida juda faol ishladi va biz katta yutuqlarga erishdik. Bitim hali ko‘proq harakatlarni talab qiladi. Men barcha zaruriy jarayonlarni ta’minlash uchun TikTok'ning faoliyatini yana 75 kunga uzaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladim”, – deb yozdi Tramp.
"Biz Xitoy bilan hamkorlikni davom ettirishga umid qilamiz. Tushunishimcha, ular o‘zaro bojlarimizdan (bu AQSh va Xitoy o‘rtasida adolatli va muvozanatli savdo uchun zarur!) unchalik mamnun emas. Bu esa bojlar eng kuchli iqtisodiy vosita va milliy xavfsizligimiz uchun nihoyatda muhim ekanini isbotlaydi! TikTok va Xitoy bilan bitim tuzish yo‘lida hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutyapmiz", – deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Donald Tramp TikTok'ni AQSh vakillariga sotish uchun 5 aprelgacha muddat belgilagan edi.