Bugun 16 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Van Damm Putinga murojaat qildi

A A A
Van Damm Putinga murojaat qildi

Asli belgiyalik bo‘lgan amerikalik aktyor Jan-Klod Van Damm Rossiya rahbariyatiga murojaat qilib, Rossiyaga kelib, tinchlik elchisi bo‘lishni xohlayotganini bildirdi.

Uning murojaati videosini ukrainalik jurnalist Diana Panchenko o‘zining Telegram-kanalida joylashtirgan.

"Biz Rossiyaga kelmoqchimiz. Biz hamma narsani siz xohlagan tarzda qilishga harakat qilamiz, shunda biz tinchlik elchisi bo‘lamiz. Men ham shunday bo‘lishni xohlardim. Bunday unvonga ega bo‘lish katta sharaf bo‘lardi", - deydi aktyor.

U Rossiya rahbariyati bilan “faqat tinchlik, sport va baxtni” muhokama qilmoqchi.

Kiritildi: 09:29 17.04.2025. O'qildi: 31779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!