Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Aholi kamaymoqda, Mask ko‘paytirmoqda: “Legion” loyihasi boshlandi

Aholi kamaymoqda, Mask ko‘paytirmoqda: “Legion” loyihasi boshlandi

WSJ ta’kidlashicha, Ilon Mask Yer yuzini aqlli insonlar bilan to‘ldirishga intilayapti.

AQSh hukumatida samaradorlikni oshirish bo‘yicha idora (DOGE) faoliyatini muvofiqlashtirayotgan Ilon Mask o‘z farzandlarini “legion” deb ataydi, bu so‘z Rim Respublikasi va Rim Imperiyasi davridagi harbiy qo‘shinlar ma’nosini bildiradi. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) gazetasi manbalariga tayanib xabar berdi.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, Mask “legion” darajasiga yetishishni maqsad qilgan. U aholi soni kamayishi orqali sivilizasiya xavf ostida qolgan bir paytda, Yerda aqlli insonlar sonini ko‘paytirishga intilayapti. WSJ yozishicha, tadbirkorning to‘rt ayoldan kamida 14 nafar farzandi bor. Bir nechta manbalarning ta’kidlashicha, aslida Maskning farzandlari soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, xabarda aytilishicha, Mask o‘z farzandlarining ehtimoliy onalarini ijtimoiy tarmoqdagi X platformasi orqali topadi.

Kiritildi: 22:30 16.04.2025. O'qildi: 1128 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!