Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

UYEFA hakam «Arsenal» darvozasiga belgilangan penaltini nega bekor qilganiga izoh berdi

A A A
UYEFA hakam «Arsenal» darvozasiga belgilangan penaltini nega bekor qilganiga izoh berdi

Evropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) «Real» — «Arsenal» uchrashuvi bosh hakami Fransua Leteksye nega 28-daqiqada «kanonirlar» darvozasiga tomon penalti belgilab, keyinchalik uni bekor qilganiga izoh berdi. Ushbu o‘yin Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tmoqda. Birinchi bo‘limdan so‘ng hisob ochilmadi — 0:0.

«Londonning “Arsenal” jamoasi darvozasiga penalti tayinlanmadi, chunki Deklan Rays qoidani buzmagan edi», — deyiladi UYEFA bayonotida.

Chempionlar ligasi 1/4 final bosqichining ilk uchrashuvida «Arsenal» «Real»ni 3:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratgandi. Ushbu o‘yinda «kanonirlar» yarim himoyachisi Deklan Rays jarima zarbalaridan dubl rasmiylashtirdi. Yana bir golni Mikel Merino kiritdi.

Kiritildi: 01:13 17.04.2025. O'qildi: 8368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!