Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Sobiq prezident va uning rafiqasi 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Sobiq prezident va uning rafiqasi 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Peru sudi sobiq prezident Olyana Umala va uning rafiqasi Nadin Erediyani korrupsiyada ayblanib, Braziliyaning Odebrecht qurilish kompaniyasi va Venesuela hukumatidan ikkita saylov kampaniyasini moliyalashtirish uchun to‘lovlarni qabul qilishda aybdor deb topib, 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda BBC xabar beradi.

Umala hukm o‘qilgach, sud zalida hibsga olingan. Sud majlisida ishtirok etmagan uning rafiqasi ham sudya tomonidan hibsga olindi, biroq keyinchalik u Braziliyaning Limadagi elchixonasidan boshpana so‘ragani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi AFP.

2011 yildan 2016 yilgacha prezident bo‘lib ishlagan Umala 2022 yilda Odebrechtdagi yirik korrupsiya mojarosi bo‘yicha tergov doirasida sudga tortilgan Peruning birinchi sobiq rahbari bo‘ldi, rasmiylar bunga boshqa sobiq prezidentlar ham aloqadorligini aytishmoqda.

1985-1990 va 2006-2011 yillarda davlat rahbari bo‘lib ishlagan Alan Garsiya 2019 yilda polisiya hibsga olish uchun kelganida o‘z joniga qasd qilgan edi. Alexandro Toledo (2001-2006 yillardagi prezident) o‘tgan yili ko‘p millionli pora olgani uchun 20 yildan ortiq qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

2016 — 2018 yillarda ushbu lavozimda ishlagan Pedro Pablo Kuchinskiga nisbatan tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 09:49 17.04.2025. O'qildi: 1477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!